Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 11:39 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari shimoliy kenglik bo‘yicha 39,96 gradus, sharqiy uzunlik 69,31 gradusni tashkil etgan. Uning episentridan Toshkentgacha masofa janubiy yo‘nalish bo‘yicha 145 km.
Yer silkinishi bo‘yicha O‘zbekiston hududida:
Toshkent : 145 km, 3 ball.
Namangan : 231 km, 2 ball.
Andijon : 273 km, 2 ball.
Farg‘ona : 215 km, 2 ball.
Guliston : 74 km, 4 ball.
Jizzax : 126 km, 3 ball.
Samarqand : 204 km, 2 ball.
Теrmiz : 352 km, 2 ball.
Qarshi : 326 km, 2 ball.
Navoiy : 335 km, 2 ball.
Avvalroq 4-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham qayd etilgani haqida xabar berilgandi.