Toshkent shahrida 101 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni  2020-yil 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 14787 (+206) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Shundan 101 nafari  Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 15-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida infeksiya 10 565 bemorda qayd etilgan. Ulardan 5 527 kishi kasallikdan sog֥‘ayganlardir.

Avvalroq Toshkentda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар