“Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirus yuqtirib oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Darakchi” muxbiriga xonanda yaqinlarining bildirishicha, kasallikning ilk belgisi paydo bo‘lganda, ya’ni tana harorati ko‘tarilgach, Komil koronavirusga test topshirgan va natija musbat chiqqan.
Hozirda Komil uy sharoitida davolanmoqda.
Xonanda butunlay sog‘ayib ketgach, kasallik davrida o‘z tanasida kechirganlari haqida batafsil gapirib berishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqanligi va Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova koronavirusga chalinganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.