G‘ijduvonda qiymati 140 mln dollardan ortiq bo‘lgan 40 ta loyiha amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut, Gʻijduvon, Qo‘qon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Buxoroda G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu hududda ayni paytda 34 ta sarmoyador tomonidan 140,2 million AQSh dollariga teng qiymatdagi jami 40 ta loyihani amalga oshirish ishlari boshlangan.
Bunda umumiy sarmoyaning 50,3 million AQSh dollari tadbirkorlik subyektlarining, 65,5 million AQSh dollari esa bank krediti mablag‘i, 24,7 million AQSh dollari esa xorijiy investitsiya hisoblanadi.
Avvalroq Buxoro viloyati “qizil” hududlar qatoriga qo‘shilgani xabar qilingan edi.