“Koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmaydi” — Habibulla Oqilov
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda virus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmasligini ma’lum qildi.
Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, virusning inkubatsion davri 2 kundan 12 kungacha cho‘zilishi mumkin. Lekin o‘rtacha 7 kunni tashkil etadi. Ya’ni koronavirus yuqqandan keyin 2 kundan 12 kungacha o‘z simptomlarini sezdirmaydi.
“Eng yomoni bu vaqtda virus tashuvchi kishi o‘zining xastalanganini bilmagan holda muloqotga kirishgan boshqa kishiga yuqtirishi mumkin. Undan ham yomoni esa mazkur davrda hech qanday teplovizorlar kasallik mavjudligini aniqlashga qodir emas”, — deya ta’kidlaydi Habibulla Oqilov.
Avvalroq So‘xda 189 kishi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib, karantinga olingani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 10 ta xususiy klinika koronavirus bilan kasallanganlarni qabul qilishni boshlagan va ularda bemorlar uchun 2300 dan ziyod o‘rin-joylar tashkil etilgan.