O‘zbekistonda farmatsevtika sohasidagi korrupsiyaning oldini olish uchun yangi bot ishga tushirildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sohada korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qiluvchi maxsus @Stop_corruptionbot faoliyatini ishga tushirdi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Endilikda aholi sohaga doir qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelganda ushbu bot yoki (71) 234-06-04 ishonch telefoni orqali agentlikka murojaat qilishi mumkin.

Har bir murojaat Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori nazorati ostida ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar fuqaroning shaxsiga doir ma’lumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, oliy ta’limning deyarli barcha bo‘g‘inlarida korrupsion holatlar kuzatilayotgani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар