O‘zbekistonda koronavirusga test oluvchi xususiy klinikalar ro‘yxati e’lon qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 16-iyul holatiga ko‘ra, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) usulida laborator tekshiruvlarni olib borayotgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga quyidagi klinikalar kiritilgan:
“Tibbiyot dunyosi” MChJ
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor-1, Gagarin ko‘chasi, 11-uy.
Filial: Toshkent shahri, Darvoza ko‘chasi, 340-uy.
+71 277-00-69, +71 277-50-90.
Faqat tashkilot va idoralar uchun
“Vitros diagnostics” MChJ
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-A uy.
Filial manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 6-A uy.
+71 203-00-77, +71 200-50-02, +95 198-00-91.
Aholi uchun
“Genotexnologiya” MChJ
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Gʻuncha darvozasi ko‘chasi, 42-uy.
+93 545-02-56, +93 376-80-51.
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
“Swiss lab” MChJ
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.
+97 722-77-88.
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
“Hi-tech laboratories” MChJ
Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Boyqaro ko‘chasi, 51-uy.
+71 295-08-08, +71 295-00-14.
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
“Parizoda medical service” XK
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 72-uy.
+90 212-40-33
Aholi uchun
“Gemo-test” XK
Manzil: Navoiy viloyati, Nurota tumani, U.Yusupov ko‘chasi, 32A uy.
+79 220-30-15
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
“The free-joy medical laboratory” MChJ
Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, 23-MFY ISTIQLOL 4A.
+91 126-30-40
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
“Murod med star” XK
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 238-uy.
+90 345 74 47
Aholi, tashkilot va idoralar uchun
Avvalroq Toshkent shahrida 49 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani haqda xabar berilgandi. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan. Bu O‘zbekistondagi 81-o‘lim holati hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 068 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 6984 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.