Toshkentda koronavirusga chalingan 49 yoshli bemor vafot etdi. O‘limlar soni 81 taga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 49 yoshli erkak o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli A. A. (erkak)da 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq Toshkenda koronavirusga chalingan 3 nafar bemor hamroh kasalliklar natijasidan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар