Xalq ta’limi vazirligi “so‘kong‘ich o‘qituvchi” videosiga rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 28-iyul, seshanba kuni o‘zining dars o‘tayotgan jarayonini suratga olayotgan vaqtda unga halal bergan bolaga qo‘pol so‘zlar aytib, baqirgan notanish ayol videosi tarqaldi. Xalq ta’lim vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, internet foydalanuvchilari tomonidan bu ayolning maktab o‘qituvchisi ekanligi aytilib, o‘qituvchi sha’niga dog‘ tushiradigan turli roliklar tayyorlanib tarqatilmoqda.
“Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi tizimida bunday o‘qituvchi faoliyat yuritmasligini rasman ma’lum qiladi. Internet foydalanuvchilariga esa o‘qituvchilarni behurmat qiladigan turli roliklarni tayyorlab tarqatish o‘rniga, bolalarda ustozga hurmat hissini uyg‘otadigan videolarni suratga olish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi maktab ta’miri muassasa rahbarlari va o‘qituvchilar hisobidan amalga oshirilishi uchun hech qanday topshiriq berilmaganini ma’lum qilgani haqda xabar berilgandi.