Paxtachida Qizil kitobga kiritilgan burgutni topib olgan fuqaro uni davlat himoyasiga topshirdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Boltali” mahallasida istiqomat qiluvchi Olovuddin Bo‘riyev qo‘y boqib yurganda jarohatlangan burgut topib oldi.
Xabarda aytilishicha, Olovuddin Bo‘riyev burgutni bir oyga yaqin davrda parvarishlab, ucha oladigan darajaga keldirdi.
Burgutni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Paxtachi tuman inspeksiyasi orqali davlat himoyasiga topshirdi.
Avvalroq Farg‘onada 200 yoshli pista daraxti davlat muhofazasiga olingani xabar qilingan edi.