Oqqo‘rg‘onda “YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal” nomli videolavhaga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarida 30-iyun soat 13:15 da Toshkent viloyati IIBB YHXBning 4 nafar inspektori Oqqo‘rg‘on tumanida xizmat vaqtida muvozanatsiz harakatlanib kelayotgan “Spark” mashinasini to‘xtatgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor haydovchining hujjatlarini tekshirayotgan vaqtda salondagi yo‘lovchilar mashinadan tushib inspektorlarga faol qarshilik korsatgan. Ushbu jarayon atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.
Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasining ma’lumotnomasida ushbu 3 nafar yo‘lovchining spirtli ichimlik iste’mol qilganligi tasdiqlandi.
Shuningdek, haydovchining me’yoriy hujjatlari tekshirilganda kamchiliklar yo‘qligi hamda spirtli ichimlik iste’mol qilmaganligi aniqlangan.
Avvalroq Surxondaryoda “Malibu” va “VAZ 2101” ishtirokida bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.