Qo‘qon shahrida qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri ichki ishlar bo‘limi xodimlari 30-iyun kuni qidiruvda bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro I.B. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (O‘g‘irlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Qo‘qon shahar IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan I.B.ni qo‘lga olgan.

Oldinroq Farg‘onada hamkasblari bilan firibgarlik qilib, tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар