Toshkentda 47 nafar aholi orasida koronavirus aniqlandi

Foto: Uzbekistan Airways

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida shundan, 47 nafari aholi orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, ularning barchasi aholi orasida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida shundan, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan. Bu haqida SSV xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda 8996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 5877 nafari sog‘aygan. 3122 nafar bemor davolanmoqda.