AQSh va Kanada turoperatorlari epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilan O‘zbekistonga sayohatlarni qayta tiklashadi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov O‘zbekiston imijini targ‘ib qilish va chet ellik sayyohlarning qiziqishini qo‘llab-quvvatlash doirasida AQSh va Kanadadagi sayyohlik agentliklari uchun onlayn brifingda ishtirok etdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, brifingda joriy yilning 1-iyunidan boshlab mamlakatning “yashil” va “sariq” mintaqalari ichki turizm uchun ochilishi, shuningdek, 15-iyundan boshlab xorijiy mamlakatlardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, xavf darajasi bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilgan holda xalqaro reyslar qayta tiklanishi haqida so‘z yuritilgan.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Brifing natijalariga ko‘ra, Amerika qit’asidan O‘zbekistonga turistik oqimni tiklash, epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilan AQSh va Kanada sayyohlik kompaniyalari uchun mamlakatimizga maxsus o‘rganish safarini tashkil etish, taklif etilayotgan sayyohlik yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida muzokaralar olib borishga kelishib olingani ma’lum qilindi.

Янгиликлар