Marg‘ilonda fuqaroning mashinasini sotib olishga kelishib uni 4 300 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida “Mercedes Bens Vito” avtomobilini sotib olishga kelishib, pulning bir qismini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 11-iyun kuni fuqaro Marg‘ilon shahri IIBga murojaat qilib, 2020-yil yanvar oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, “Mercedes Benz Vito” rusumli avtomashinasini 7 200 AQSh dollariga sotib olishga kelishganini, noma’lum shaxs 2 900 AQSh dollari pullarni berib, qolgan pullarni keyinchalik berishini aytib, avtomashinani boshqa shaxsga sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini aytadi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.