Namanganda yana 5 nafar koronavirus tasdiqlangan bemor sog‘aydi

Namanganda 3-iyun holatiga ko‘ra, 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar beradi SSV.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyatida esa COVID-19dan tuzalganlar soni 286 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 6161 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar soni 27 nafarni tashkil etmoqda.