Samarqanddagi 600 yoshli chinor davlat kadastriga kiritiladi

Samarqand viloyati Urgut tumani “Omonqo‘ton” MFY hududidagi 600 yoshli chinor davlat kadastriga olinadi, deb xabar berdi Davlat ekologiya qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, Urgut tumani “Omonqo‘ton” MFY hududidagi 600 yoshli, kengligi 22 odamning qulochiga teng bo‘lgan chinor daraxti tuman hokimligiga davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etilgan.

Shuningdek, Urgut tumani hududlarida mavjud bo‘lgan jami yuzlab tut, yong‘oq, chinor va tol daraxtlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan “Davlat tabiat yodgorligi” deb e’lon qilinayotgani ma’lum qilindi.

Янгиликлар