Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati 20 kunga to‘xtatiladi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 4-iyuldan 24-iyulga qadar yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqida shahar IIBB xabar beradi.

Avvalroq Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan bir qismida harakat vaqtincha cheklangani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар