Farg‘ona “yashil” hududligicha qoldi

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 4-iyul holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalari o‘zgartirildi.

Unga ko‘ra Farg‘ona viloyati “yashil” hududligicha qoldi:

Barcha tuman va shaharlar “yashil” hudud: Farg‘ona shahar, Qo‘qon shahar, Qo‘shtepa tumani, Bog‘dod tumani, Beshariq tumani, So‘x tumani, Buvayda tumani, Quvasoy shahar, Dang‘ara tumani, O‘zbekiston tumani, Rishton tumani, Uchko‘prik tumani, Farg‘ona tumani, Furqat tumani, Toshloq tumani, Yozyovon tumani, Marg‘ilon shahar, Quva tumani, Oltiariq tumani.