Farg‘onada “Nexia” haydovchisi voyaga yetmagan fuqaroni urib yubordi

Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida “Nexia-2” avtomashina haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24-iyun kuni fuqaro A.A. “Nexia-2” avtomashinasini “Cho‘lyunus” qishlog‘ida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan M.A.ni urib yuboradi. M.A. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqiziladi.

Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Uychi tumanida bir kunda ikkita YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар