Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Prezidentning 3-iyuldagi farmoni bilan Gulnora Maxmudovna Ma’rufova vazirlikning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Gulnora Ma’rufova 1956 yil 26-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
2004-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2020-yil fevral oyidan hozirgi kungacha Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimga u sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga qaytgan Elmira Bositxonova bilan almashtirildi.