O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 60 nafari Andijon viloyatida, shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 3524 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар