Telegram’ning 50 mingdan ziyod o‘zbekistonlik foydalanuvchilari ma’lumotlari “sizib chiqdi”

Foto: Deutsche Welle

Telegram messenjerining erkin taqdim etiladigan ma’lumotlar bazasi – Darknet platformasiga 40 640,449 nafar foydalanuvchi ma’lumotlari yuklandi. Shundan 50 062 tasi O‘zbekiston uyali aloqa operatorlariga tegishli raqamlardir. Bu haqda “Kun.uz” O‘zbekiston kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki tadqiqot natijalari Telegram messenjeridan foydalanuvchilarning o‘zbek segmenti uchun tahdid yuqoriligini ko‘rsatgan. Ya’ni 50 foizdan ortiq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari xavf ostida qolgan.

“Ma’lumotlar oqimi Telegram messenjerining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qiladi. Masalan, foydalanuvchining familiyasi, ismi, telefon raqami, taxallusi, shuningdek ro‘yxatga olish manzili saqlab qo‘yiladi”, – deyiladi markaz bayonotida.

Kiberxavfsizlik markazi bunday tahdidlardan himoyalanish uchun foydalanuvchilarga Telegram dasturidagi maxfiylik sozlamalarini qo‘llashni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, faqat rasmiy Telegram messenjer dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi (Google Play va AppStore ilova-do‘konlaridagi Telegram va Telegram X ilovalari, shuningdek rasmiy telegram.org veb-saytida mavjud ish stolining tegishli versiyasi).

Янгиликлар