Jizzaxda shahar hokimligi binosi binosi karantinga olindi
Jizzaxda shahar hokimi topshirig‘i bilan o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, hokimlik hodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar hodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu sababli, “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi.
Ayni paytda hokimlik hodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida 43 nafar koronavirusga chalingan fuqarolardan 25 nafari sog‘aygan. Kasallanganlarning 2 nafari vafot etgan.