Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha 8-iyul kuni tashkil etiladigan charter qatnovlar e’lon qilindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarib olib kelish bo‘yicha charter qatnovlarining navbatdagi jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ro‘yxatga ko‘ra:

Toshkent – Seul – Toshkent

Minsk – Toshkent – Minsk yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin.

Avvalroq fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 6–19-iyul kunlaridagi charter reyslar ro‘yxati haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар