O‘zbekistonda Facebook’ga kirish qiyinlashgani yuzasidan mutasaddilar izoh berdi

So‘ngi bir necha kundan buyon O‘zbekistonda Facebook tarmog‘iga kirish qiyinlashgan. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa asosan WiFi orqali kirishda muammolar kuzatilayotgani, mobil internetdan foydalanilganda bunday bo‘lmayotganini aytmoqda.

O‘nga yaqin o‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchilari VPN-ilova orqali kirayotganliklarini aytdi.

Undan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirilayotgan ko‘plab post va izohlar dunyodagi eng mashhur onlayn platformalardan biri O‘zbekistonda yana bloklangani haqida taxminlarni yuzaga keltirmoqda.

So‘nggi bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Facebook’ning yomon ishlayotgani muhokama qilinmoqda. Menga mazkur masala bo‘yicha izoh so‘rab bir qancha OAV vakillari murojaat qilishdi.

Shuni ta’kidlashni istardimki, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi aloqa xizmatlari sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, operatorlar va provayderlarning texnik infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.

Turli saytlarning ochilishi, ularga kirish jarayonida kuzatilayotgan muammolarni hal qilish bizning vakolatimizga kirmaydi. Biz bunday jarayonlarni kuzatmaymiz.

Mutaxassislarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, shubhasiz, turli xil saytlarning mavjudligi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi va bu internet uchun odatiy holdir. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar bu vaziyatni turlicha tavsiflashmoqda: kimdadir mobil internet orqali tarmoqqa kirishda qiyinchilik kuzatilayotgan bo‘lsa, kimdadir buning aksi. Yana kimdadir bu borada umuman hech qanday muammo yo‘q. Umuman olganda, Facebook’ga ommaviy kirishda muammo bor deyish uchun hech qanday asos yo‘q. Ehtimol, bu qaysidir provayder yoki mobil aloqa operatorining qaysidir uskunalarini modernizatsiya qilishi yoki profilaktika ishlari bilan bog‘liqdir”, – deydi Azamat Akobirov.

Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishlar markazlaridan biri O‘zbekistonga, yanayam aniqrog‘i, Toshkent va unga yondosh hududlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar ilgari ham kuzatilgan. 2018-yilning 3-sentyabridan 2019-yilning 22-fevraligacha o‘zbekistonliklar Facebook va YouTube’ga faqat VPN orqali kira olgan.

Янгиликлар