O‘zbekistonda karantin muddati nega 14 kundan 10 kunga kamaytirilgani ma’lum qilindi

AOKA huzuridagi shtabda 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov karantin muddati nega 14 kundan 10 kunga kamaytirilgani haqidagi savolga javob qaytardi.

Ma’lum qilinishicha, havo-tomchi orqali yuqadigan virus kasalliklarining inkubatsion davri 14 kun deb qabul qilingan. Dunyo tajribasidan kelib chiqilsa, koronavirusning ilk alomati paydo bo‘lishidan 5 kun avval va kasallik boshlangandan keyin 7 kun davomida infeksiya yuqumli hisoblanadi.

Sakkizinchi kundan boshlab, kasallik davom etsa-da, uning yuqumlilik xususiyati qolmaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan uyda davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilishi xabar qilingan edi.

Янгиликлар