O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 9-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 259 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 64 nafari karantinga olingan fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida, shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida, shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 9 nafari Namangan viloyatida barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari Jizzax viloyatida, shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7 060 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda  4 152 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар