Farg‘onada fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, uni 3 500 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida fuqaroga “Nexia-2” rusumli avtomashina olib beraman, deb 3 500 AQSh dollarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona shahrida 2019-yil 26-mart kuni fuqaro M.O. tanishi V.A.ning ishonchiga kirib, 3 500 AQSh dollari evaziga “Nexia-2” rusumli avtomashina olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Янгиликлар