Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga bir martalik moddiy yordam to‘lanadigan “Mehr” loyihasi joriy qilindi

Koronavirus pandemiyasi oqibatida qiyin ahvolda qolgan Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga bir martalik moddiy yordam to‘lanadigan “Mehr” loyihasi joriy qilindi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘larning asosiy qismini elchixonaning maxsus ochilgan hisob varag‘iga homiylar tomonidan tushgan mablag‘lar tashkil etadi.

Ushbu to‘lovlar nogironligi bo‘lganlar, qaramog‘ida 2 yoshga to‘lmagan farzandi bor hamda homiladorlik muddati 7 oydan oshgan ayollar, COVID-19 tashxisi tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek, Rossiya oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ajratiladi.

Янгиликлар