Farg‘onada kanal o‘rtasidagi “orolcha”da qolib ketgan qo‘y podasi qutqarildi

Quvasoy shahri hududidan oqib o’tadigan “Besholish” kanali yaqinida boqilayotgan qo‘ylar qutqarib qolindi, deb xabar berdi  Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, o‘sha paytda suv havzasida suv ko‘p bo‘lmaganligi sababli podaning bir qismi kanalning o‘rtasidagi o‘tli “orolcha”da boqilayotgan bo‘lgan. Taxminan bir soat ichida kanaldagi suv sathi keskin ko‘tarilib, poda o‘rtadagi qirg‘oqda qolib ketgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Podaning egasi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilariga uning podasini xavfli hududdan evakuatsiya qilishni so‘rab murojaat qildi va taxminan 10 daqiqada FVV xodimlari barcha qo‘ylarni qirg‘oqqa sog’-salomat olib chiqdi.