O‘zbekiston kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlangani ma’lum qilindi
O‘zbekiston yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlanganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, 10-iyul kuni kadastr yo‘nalishida ma’lum xatoliklarga yo‘l qo‘ygan respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
“Bu — boshlanishi. Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Qo‘mita fuqarolardan tizim bilan bog‘liq ishlarda korrupsion holatlarga duch kelinsa, @ygkuzbot Telegram boti yoki “[email protected]” elektron manziliga xabar qilishni so‘ragan.