O‘zbekistonda koronavirusni qon zardobi bilan davolash amaliyoti to‘xtatildi

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi a’zosi Habibulla Oqilov tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini kasallikka chalingan bemorlarga quyishning samarasi haqida ma’lumot berdi.

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, keyinchalik tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini (qon plazmasi) bemorlarga quyish samara bermadi. Chet el tajribasida ham bu ish bermagani sababli O‘zbekistonda ham bu amaliyot to‘xtatildi”, —deydi Habibulla Oqilov.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 13-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Hozirda 5280 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq olimlar vaqt o‘tishi bilan inson koronavirusni qayta yuqtirishi mumkinligini aniqlashgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар