O‘zbekistonda suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalar joriy etiladi

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmon bilan O‘zbekistonda suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanib, unga ko‘ra, barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Shuningdek, 2030-yilga qadar sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffisiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish, suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish, sho‘rlangan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish va Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish kabi vazifalar belgilangan.

Bundan tashqari, 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi.

Ma’lumot uchun, vazifalarning to‘liq va o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi tizimida mas’ul boshqarma tashkil etiladi.

Avvalroq Namangandagi 312 gektar suvsiz yerda 1000 ta issiqxona qurilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар