Andijonda tadbirkor tikuvchilik sexiga 3 mln dollar investitsiya kiritib, 500 dan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlaydi

Andijonda 2020-yil yakuniga qadar 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi evaziga 510 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, deb xabar berdi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan o‘tkazilgan tadbirkorlik kunida Space gate MChJ tomonidan 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritilishi va tikuvchilik sexi tashkil etish natijasida 510 ta yangi ish o‘rni yaratish loyihasi taqdim etildi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Avvalroq Andijonda pandemiya sharoitida ogʻir vaziyatda qolgan xotin-qizlarga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, bir nafar ayolga esa kir yuvish mashinasi taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар