Farg‘onada 15-iyul kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zgidromet” 15-iyul, chorshanba kuni Farg‘ona viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Live Journal

Unga ko‘ra, shu kuni viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Avvalroq O‘zbekistonliklar hafta davomida haqiqiy yoz issigʻini his qilishi ma’lum qilingandi.

Янгиликлар