O‘zbekistonda karantin tufayli faoliyatini to‘xtagan korxonalarning 70 foizi sentabrgacha qayta ishga tushadi

O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar davom etishi kutilayotgan kuchaytirilgan karantin tartibining iqtisodiyot va aholi daromadlariga ta’siri yuzasidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov fikr bildirdi, deya xabar berdi Review.

“Karantin sabab iqtisodiy faoliyatning umumiy pasayishini kutmaslik kerak. Faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarning kamida 70 foizini sentabr oyigacha, qolgan barchasini esa 2020-yil oxirigacha qayta ishga tushishi kutilmoqda. Bu hukumat topshirig‘i bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan prognozda o‘z aksini topgan”, — deydi Obid Hakimov.

Eslatib o‘tamiz, karantin davrida korxona va tashkilotlar tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot berilgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.