O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun fond tashkil etiladi. Unga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni o‘tkazilgan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda Venchur fondi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabar qilinishicha, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fondi tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali joriy yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 milliondan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi. Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi.

Янгиликлар