Farg‘onada “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohat oldi (foto)

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 15-iyun kuni “Matiz” va “Damas” ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, fuqaro B.Q. “Matiz” avtomashinasini “Muqimiy” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Q.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda “Damas” haydovchisi Q.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Avvalroq Farg‘ona tumanida “Spark” haydovchisi voyaga yetmagan shaxsni urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir hodisa joyida vafot etgan.

Янгиликлар