Quvasoyda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar IIB HPB profilaktika inspektori 14-iyul, seshanba kuni tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan fuqaro I.M. Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismida (Pora berish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan. Fuqaro 14-iyul kuni Quvasoy shahri hududida IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan qo‘lga olingan.

Avvalroq Samarqandda 1300 AQSh dollari evaziga suddagi “tanishlari” orqali nikohni bekor qilishni va’da qilgan firibgar, abituriyentni 10 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan dotsent, yo‘l harakati qoidalarini buzib, ishni hal qilib berish uchun inspektorga pora sifatida giyohvand modda taklif qilgan mast erkaklar, muzlatgichda saqlab berish bahonasida afg‘onistonlik tadbirkorning salkam 300 mln so‘mlik mayizini uning ruxsatisiz sotib yuborgan fuqaro, shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta’limning deyarli barcha bo‘g‘inlarida korrupsion holatlar kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangan.

Янгиликлар