Dang‘arada piyodani urib yuborgan “Damas” haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatida “Damas” avtomashinasi piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Dang‘ara tumanida 6-iyul kuni fuqaro Q.S. boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasini Jilva qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, piyoda A.V.ni urib yuborgan. Oqibatda A.V. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Nexia” voyaga yetmagan piyodani urib yuborgani,“Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTHda esa bir kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар