Farg‘onada jami 2 mln 150 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida fuqaroning xonadonidan jami 2 million 150 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida yashovchi Q.E. 13-iyul kuni IIBga murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, 12-iyul kunidan 13-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash uning xonadoniga yashirincha ravishda kirib, oshxonasida bo‘lgan narxi 2 000 000 so‘mlik “LG” rusumli mikro to‘lqinli pech, 100 000 so‘mlik bir dona ko‘rpa va 50 000 so‘mlik bir dona qozonni o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Sh. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot o‘rnida, yuqorida ko‘rsatilgan modda bo‘yicha jinoyat sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada uy egalari yo‘qligidan foydalanib, 1 800 000 so‘mlik televizorni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingandi.

Avvalroq Samarqandda bosqinchilik qilib, 4 million so‘m va 2 dona telefon o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар