Ҳудудсиз давом этиш

Farg‘onada uy egalari yo‘qligidan foydalanib, 1 800 000 so‘mlik televizorni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida uy egalari yo‘qligidan fotdalanib, 1 800 000 so‘mlik televizorni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi viloyat ichki ishlar boshqarmasi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Aniqlanishicha, 3-iyul kuni Bag‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.M. IIBga murojaat qilib, unda 2-iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon mehmonxonasida bo‘lgan 1 800 000 so‘mlik “Artel” rusumli televizorni o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni R.I. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Farg‘onada 600 ming so‘m pul va uyali telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi.