Xonobodda 24 nafar qizga OTMga qo‘shimcha grant asosida kirish uchun tavsiyanoma berildi (foto)

Andijon viloyati Xonobod shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan respublika OTMlariga kirish uchun xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha grant asosidagi qabul doirasida tanlovda ishtirok etish uchun shahardagi 24 nafar qizlarga tavsiyanomalar berildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xonobod shahar hokimligi

Foto: Xonobod shahar hokimligi

Foto: Xonobod shahar hokimligi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15-iyul holatiga ko‘ra, jami 1 011 660 nafar, Andijonda esa 78 628 nafar nafar abituriyent OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Avvalroq 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Янгиликлар