Andijonda nogiron farzandi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatildi

Andijon viloyati Izboskan tumanida qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ayollarga maishiy texnika vositalari sovg‘a qilindi. Bu haqda Izboskan tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan ayollarning 5 nafariga tikuv mashinasi, 3 nafariga kir yuvish mashinasi, 40 nafariga elektropech va boshqa buyumlar taqdim etildi.

Foto: Izboskan tumani hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Andijon viloyati Xonobod shahrida 24 nafar qizga OTMga qo‘shimcha grant asosida kirish uchun tavsiyanoma berilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, 9-iyul kuni Andijon viloyati Xovuskon ota ziyoratgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilish maqsadida ularga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, 1 nafar ayolga kir yuvish mashinasi taqdim etilgan. 10-iyulda viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida yolg‘iz yashovchi ayolga 2 sotixli issiqxona qurib berilgan.

14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda O‘zbekiston Prezidenti ayollarga imkoniyat berilsa, jamiyatda paydo bo‘lgan illatlar sekin-sekin yo‘qolishini aytgan edi.

Янгиликлар