Qo‘rg‘ontepada yolg‘iz yashovchi ayolga 2 sotixli issiqxona qurib berildi

Tuman IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ullari tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi, deya xabar berdi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati.

Qo‘rg‘ontepa tumanning “Dardoq” qishlog‘ida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida hududdagi 10 nafardan ortiq xotin-qizlarning doimiy bandligi ta’minlangan. 8 ta oiladagi kelishmovchiliklar yuzasidan hal etish ishlari olib borilgan va ularning 5 tasini yarashtirilgan.

Shuningdek, 6 nafar axloq tuzatish ishlarini o‘tashi belgilangan fuqarolar bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.

Profilaktik tadbir davomida bir nafar shaxsning yakka-yolg‘izligi inobatga olinib, uning yashash xonadoni mahalla faollari hamkorligida ta’mirdan chiqarib berildi hamda unga 2 sotixli issiqxona qurib berildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Qibray va Zangiota tumanlarida jami 150 ga yaqin xotin-qizlar OTMga kirishda maxsus imtiyoz olish uchun hujjat topshirgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар