Avgust oyidan boshlab, Instagramda TikTok uslubidagi videolar paydo bo‘ladi

Facebook bir necha hafta ichida AQShda va 50 dan ortiq boshqa mamlakatlarda TikTok’ning Instagram ekvivalentini — 15 soniyali videolar suratga olish funksiyasini ishga tushiradi, deb xabar berdi “NBC”.

Foto: Instagram

Kompaniya Instagram Reels funksiyasini bir yil oldin sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Chunki TikTok foydalanuvchilar ma’lumotlarini ochiqlaganlikda gumon qilinib, rasmiy Vashington nazorati ostida qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, TikTok singari Instagram Reels ham foydalanuvchilarga 15 soniyali videokliplarni yaratish va boshqa foydalanuvchilarga yuborish imkonini beradi. Reels’da ham musiqa katalogi va boshqa foydalanuvchilarning videosidagi ovozni qayta tiklash imkoniyati mavjud.

Facebook birinchi marta o‘tgan yilning noyabr oyida Braziliyada Reels’ni ishga tushirdi va o‘tgan oy Fransiya hamda Germaniyaga olib kirdi. Shuningdek, o‘tgan hafta Hindistonda TikTok va boshqa 50 dan ortiq Xitoy dasturlarini bloklaganidan so‘ng kompaniya foydalanuvchilar ma’lumotlari bilan ishlash tizimini qayta ko‘rib chiqdi.

Facebook avgust oyida AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Meksika va 50 dan ortiq boshqa mamlakatlarda Instagram Reels’ni ishga tushiradi. Foydalanuvchilar Instagram sahifasi ekrani pastidagi yangi belgi orqali Reels’ni ochishi va qisqa videolarni Instagram tasmasi yoki Insta Explore’ga joylashtirishi mumkin.

Янгиликлар