Namanganda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida infeksiya aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 15 896 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ma’lumot uchun, 17-iyul holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida infeksiya qayd etilgan bemorlarning 329 nafari sog‘aygan.
Avvalroq Namanganda yana 14 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 mingga yaqinlashdi. Xususiy klinikalarning koronavirusga test olishi va bemorlarni davolashiga ruxsat berildi.