O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslarini e’lon qildi

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha 20-iyuldan 2-avgustga qadar charter reyslar ro‘yxati e‘lon qilindi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2020-yilning 20-iyuldan 2-avgust kunlari davomida 18 ta reys qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

20—26-iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

20-iyul. Seul — Toshkent — Seul;

20-iyul. Toshkent — Moskva — Toshkent;

22-iyul. Moskva — Toshkent — Moskva;

22-iyul. Toshkent — Dubay — Toshkent;

23-iyul. Toshkent — Minsk — Toshkent;

24-iyul. Toshkent — Istanbul — Toshkent;

23—24-iyul. Toshkent — Frankfurt — Toshkent;

25-iyul. Toshkent — Vladivostok — Toshkent;

26-iyul. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent.

Shuningdek, 27-iyuldan 2-avgust kunlariga belgilangan reyslar ro‘yxati:

27-iyul. Seul — Toshkent — Seul;

27-iyul. Tel-Aviv — Toshkent — Tel-Aviv;

28-iyul. Toshkent — Moskva — Toshkent;

29-iyul. Minsk — Toshkent — Minsk;

30-iyul. Istanbul — Toshkent — Istanbul;

30-iyul. Toshkent — Dubay — Toshkent;

30—31-iyul. Toshkent — Nyu-York — Toshkent;

1-avgust. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent;

2-avgust. Toshkent — Moskva — Toshkent.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin.

Avvalroq fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 6—19-iyul kunlaridagi charter reyslar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Varshava — Toshkent — Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqarosini mamlakatga qaytargan.

Янгиликлар