Namanganda yana 22 nafar bemorda koronavirus aniqlandi

Namangan viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 22 nafarga ortib, 516 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 429 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida 384 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Avvalroq Namanganda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida infeksiya aniqlangani xabar qilingan edi.

Янгиликлар